Bilasizmi
nima, hayot faqat baxtdan iborat. Bu gapim sentimental odamning balandparvoz
gaplariga o’xshab ko’rinayotgandur. Bilaman, g’ashingiz ham keldi, a?! Siz
to’xtang, hozir tushuntiraman.
Mening
ismim Nozima. Yoshim 1,3 daJ Ishonmayabsizmi?! Ishonavering!
Mening
dugonam bor. Uning ismi Hamroxon. Hamroxonning ko’zlari munchoqqa o’xshaydi.
Kipriklari menikidan uzun, ham chiroyli. Qoshlari qalin- o’sma qo’ysa qop-qora uchadi. Sochlari
qo’ng’ir-qo’ng’ir. Sherigim mendan chiroyliroq bo’lsa ham, uni yaxshi
ko’raveraman. Chunki, biz doim birga o’ynaymiz. Hovlida quqularimizni poylab
o’tiramiz, ko’rinib qolishsa sevinchdan qiyqirib-qiyqirib kulamiz. Ko’chaga
chiqib babalar o’tishini kutamiz. (Biz uchun hamma 4 oyoqlilar- “baba” ) Poda bo’lib oldimizdan
o’tishayotganda men ozroq qo’rqaman babalardan, lekin Hamrojon qo’rqmaydi.
Huddi atayin meni yanayam qo’rqitish uchun “BA! BA!” deb qo’llarini cho’zib
ularni chaqiradi. Men uni arang uyga kirib ketishga ko’ndiraman. Keyin biz
birga ovqatlanamiz. Olmani ko’rsak ko’zlarimiz chaqnab, quqularday qanot
yoyganday qo’llarimizni “pir-pir” qilamiz. Mazzza qilib, suvlarini oqizib
oldidagi 4ta tishimizda quyonchalarga o’xshab paqqos tushiramiz. Ashshalarniyam
har qoshig’ini huddi dunyodagi eng mazali taomni yeyayotganday ishtaxa bilan yeymiz.
(U hoh qaynatilgan guruch, yoki shunchaki sabzavotli sho’rva bo’lsa ham)
Haligacha yurishni bilmasak ham emaklab quvlashmachoq o’ynashni qoyillatamiz.
O’qishniku hali bilmaymiz-a, lekin dugonam huddi bir nimani tushunayotgandek
to’g’ri kelgan kitob yoki gazetani ushlab menga nimalarnidur “o’qib” beradi
o’zicha. Ba’zan uyimizga yaqin yerdagi xiyobonga boramiz. Ikkalamiz ham
fontanlarni yahshi ko’ramiz. Yaqiniga borib suvlarni sachratib-sachratib
o’ynaymiz. Ammo, baribir men aqlliroqmanda, ustimizni ho’l qilib yubormaylik
deb sherigimni chalg’itib boshqa joyga olib ketaman. Uyqimiz kelganida uyga
qaytib, “achom-achom” qilib birga uxlab qolamiz. Men uncha ko’p uxlamayman.
Hamroxon turgunicha uning kukuruzlarini ham yeb qo’yadigan odatim bor...:) Lekin, biz urushmaymiz. Chunki, biz umrbod
do’stlarmiz.
Ehhee, yana nimalarni aytay?! Bolalikka qaytib
qolish mumkinligini, va bu qiyin emasligini tushungandursiz?! Baxt naqadar
oddiy tushunchaligini, o’zingizning naqadar baxtli ekanligingizni
anglagandursiz?!
Qanday
yashashni, baxtli bo’lishni, Yaratgan bergan har qanday nasibaga ko’nib, undan
baxra olishni o’rganish uchun eng oson usulni farzand ne’mati bilan berib qo’yganini
ko’ryabsizmi Egamning?!
+ 5
ОтветитьУдалить