Onam hozir
xuddi qizimga o’xshab qoldilar…
Hamroxon ayasini ko’zdan qochirib qo’ysa,
vaximaning uyasini quradi. Uzoqdan ko’rinib qolgudek bo’lsam, jon-jaxdi bilan
yonimga “uchib” keladi. Uxlayotganida qo’llarini bo’ynimga xalqa qilib o’rab,
chirmab tashlaydi, ayam qochib ketmasin deb. Orada ko’zlari yumuq holda ham bir
qo’lini cho’zib qo’yadi, agar ko’zlangan
predmet (ya’ni, ayasining qulog’i) qo’lga ilinmasa, shirin uyqu bemaza yig’iga
aylanadi. Agar , mabodo, uyg’onganida yolg’iz bo’lsa, unda, huddi onasi tashlab
ketgan bolaning ko’z yoshlariga o’xshagan dardli nolani butun mahalla eshitadi.
Bola eng qo’rqadigani ham shu,
onam meni tashlab ketmasin deydi. Bola
istamaydigan yana bir narsa bor, onam yig’lamasin deydi…
Buvim betoblar. Og’ir betob…
Onam huddi bolamga o’xshab qoldilar…
Onasi bor insonlarning hammasi
bola…