Eng mazmunli so'zlar tildan chiqmaydi - ko'ngildan kechadi. Ularning yozuvdagi eng moxirona ifodasi ham bekor gap. Men fikrini so'zlarda chiroyli ifoda etib bera oladigan insonlarni- gap "ustalar"ini hurmat qilaman. Ammo, faqat shu xislatlari uchungina ularni aqllilar safiga kirita olmayman.
Kim bilandur tortishishning foydasi yo'q. Baxslarda ko'p narsa sarf bo'ladi: so'zlar, ketidan quloch-quloch gaplar, unga ergashib asablar. Zarar bilan foyda koeffitsienti qorishib ketadi, va "sovg'a" sifatida vaqt degan durdonaga isrof sherik bo'ladi.
Agar sizning fikringizga kimdur javob qaytarmasa o'zingizga darrov bino qo'yishga shoshilmang. Shunchaki, u inson sizdan aqlliroq (dur). Begona haqiqatning hech kimga keragi yo'q. Har kimsaning o'z "oy"i bor!...